Gvardiola Zinchenko "Manchester Siti"ni tark etganini tasdiqladi

Sherzod Nurmatov
20 iyul 2022, 19:57
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Ukraina terma jamoasi himoyachisi Aleksandr Zinchenko jamoadan ketganini ma'lum qildi.

Ispaniyalik murabbiyning fikricha, futbolchi tez orada Londonning "Arsenal" klubi futbolchisiga aylanadi.

"Zinchenko "Arsenal"ga o'tadi", – dedi Gvardiola.

25 yoshli Zinchenko o'tgan mavsumda "Manchester Siti" safida barcha musobaqalarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta to'p kiritdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Parlor: "Zinchenko "Arsenal"ni fantastik darajada kuchaytiradi"

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian