

"Shaharliklar" yozgi transfer oynasida "Borussiya"ning 20 yoshli norvegiyalik forvardini xarid qilishga urinib ko'radi.
Qayd etish kerakki, klub "Barselona" sardori Lionel Messini yozda o'z safiga qo'shib olishga urinmaydi.
Xolandning transferi maoshi bilan birgalikda "Siti" uchun 300 million evro atrofida tushadi. Futbolchi joriy mavsum jamoasi safida 32ta o'yinda maydonga tushib, 33ta gol va 8ta assist qayd etdi.



