Gvardiola: "Xoland futboldagi oxirgi kunigacha gol uradi"

Aziz Tukhtamuradov
26 okt 2023
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola YCHL doirasida "Yang Boyz" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:1) o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin juda yaxshi bo'ldi, biz pozicion tomonlama yaxshi o'ynadik. Birinchi bo'limda biroz omadimiz kelmadi. Raqibning jismoniy tayyorgarligi yaxshi ekan, ular birga-bir holatlarda agressivroq harakat qilishdi. Yigitlarning harakatidan mamnunman. 

Odamlar Xolanddan har bir o'yinda to'rttadan gol kutishadi. Ular Xolandning omadsizligini istashadi. Ammo bu yigit butun umri davomida gol uradi. U raqibga aqlbovar qilmas xavf tug'diradi. U futboldagi so'nggi kunigacha gol uradi", - dedi Gvardiola. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA