Gvardiola ushbu mavsum yakunlanganidan keyin jamoadan ketadigan futbolchi nomini aytdi

Mirjalol Normatov
12 yanv 2020, 14:49
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola xavbek Fil Foden haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Fil - ajoyib futbolchi, biroq u hali anchagina o'sishi kerak. Bazida ayrim ishlar o'z joyiga tushishi uchun vaqt kerak bo'ladi. Shu boisdan unchalik shoshmaslik kerak.

Ushbu mavsum yakunlanganidan keyin David Silva jamoani tark etadi. Uning o'rniga boshqa hech kimni sotib olmoqchi emasmiz. Chunki tarkibimizda Fil bor.

Ushbu mavsum Fil kutilganidan ko'proq o'ynar, balki kamroq, buni bilmayman. Unga ishonamiz. Agarda ishonmaganmizda, transfer bozorida Davidga o'rinbosar qidirardik.

Silva o'ynagan daqiqalarni Foden ham takrorlay oladi. Shu boisdan u de Bryuyne, Gyundogan, Bernardu Silva kabi futbolchilar bilan raqobat olib borishi kerak. Raqobat har doim futbolchilarni yuqori sport formasida ushlab turadi.

Fil o'zi uchun etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. Agarda ushbu poziciyada jarohatlar uchrab qolsa, Fil yanada ko'proq o'ynashi mumkin", - dedi Pep.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Guardian