

"Transfer oynasi ochilishidan oldin buni mendan so'ramang. Hozir bor e'tiborimni faqat jamoam va uning natijalariga qaratganman. Rahim haqida ham shunday deyish mumkin. Men bu savollarga javob berishni xohlamayman, chunki kelajakda nima bo'lishini bilmayman", - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Oldinroq "Barselona" angliyalik vingerni ijaraga olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
2021/22 yilgi mavsumda Sterling "Manchester Siti" safida barcha turnirlarda 15 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan.



