Gvardiola: "Ronaldu va Messining qilgan ishlarini boshqa hech kim takrorlay olmaydi"

Mirjalol Normatov
5 mar 2022
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Manchester Yunayted" forvardi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

"U so'nggi 15 yillikdagi eng yaxshi futbolchilardan biri. Ronaldu va Messi dunyo futbolini boshqardi. Ularning qilgan ishlarini boshqa biror futbolchi takrorlay olmaydi. Aynan ushbu futbolchilarning davrida yashash ajoyib bo'ldi. Biz endi ularning sifatlaridan foydalanishimiz kerak. Ammo bo'lajak o'yinda uning oyog'iga to'p bermasligimiz kerak", - dedi Gvardiola.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal