Gvardiola navbatdagi rekordni o'rnatdi

Khoja
23 mar 2026
Kecha "Manchester Siti" Angliya Liga kubogining finalida "Arsenal"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi va turnir g'olibi bo'ldi.

"Man Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bu sovrinni beshinchi marta qo'lga kiritdi. Avvalroq murabbiy 2017/18, 2018/19, 2019/20 va 2020/21 mavsumlarida ham Liga kubogida g'alaba qozongan.

Bu yutuq ispan mutaxassisini turnir tarixida yakka rekordchiga aylantirdi va Brayan Klaf hamda Aleks Fergyuson (har biri 4 martadan ushbu mubosabaqada g'olib bo'lishgan) kabi afsonaviy murabbiylarni ortda qoldirdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com