JCHda tarixiy natija qayd etgan terma jamoa o'z bosh murabbiyi bilan xayrlashdi

1 avg 2026, 09:15
Belgiyalik mutaxassis Ugo Broos futbol bo'yicha JAR terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimini tark etdi.

Bu haqda Janubiy Afrika futbol assotsiatsiyasi (SAFA) matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Biz bir lahza to'xtab, Janubiy Afrika futboli uchun qilgan barcha ishlaringiz uchun sizga o'zimizning eng chuqur va samimiy minnatdorchiligimizni bildirmoqchimiz", - deyiladi SAFA bayonotida.

Broos 2021 yildan beri milliy terma jamoada ishlab kelayotgan edi. 2026 yilgi jahon chempionatida Broos boshchiligidagi JAR terma jamoasi o'z tarixida ilk bor pley-off bosqichiga yo'l oldi va u yerda 1/16 finalda Kanada jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. 74 yoshli mutaxassis jahon chempionatlari pley-off tarixidagi eng yoshi ulug' murabbiyga aylandi. Bundan tashqari, JAR uning rahbarligida Afrika millatlar kubogi-2023ning bronza medali sohibiga aylangan edi.

Avvalroq Broos Belgiyaning "Molenbek", "Bryugge", "Muskron", "Anderlext", "Genk" va "Zyulte-Varegem", Gretsiyaning "Panserraikos", Turkiyaning "Trabzonspor", Aljirning "Kabiliya" klublarini hamda Kamerun terma jamoasini boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Manba: SAFA