

Arsenal bizni boshqa darajaga olib chiqdi. Avvallari bu jamoa Liverpul bo'lardi, biroq so'nggi ikki mavsumda biz uchun asosiy raqib London jamoasi bo'ldi.
Yosh va mahoratli murabbiyi bor jamoa biz uchun hali ancha yillar bosh og'riq bo'lishi aniq. Agar kimdir menga kelishimdan avval etti yil ichida olti marta APLni yutasan desa, uni ahmoqqa chiqargan bo'lardim. Hozir bizning davr, hozir bir aynan Manchester Yunayted, Chelsi kabi gegemonga aylandik.
Omadning siri nimada? Bilmayman, biroq biz juda ko'p ishlaymiz. Men o'zimni yomon murabbiy deb atamayman, biroq mening natijalarimga asosiy sabab ajoyib jamoa va futbolchilar borligi. Men ularni hurmat qilaman, - deb fikr bildirdi Gvardiola navbatdagi chempionlikdan so'ng.



