Gvardiola "Milan"da?!

Alisher
19 okt 2019, 17:35
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning xizmatlariga "Milan" qiziqish bildirmoqda.

"Rossonerilar" ispaniyalik mutaxassisni 2020 yilda klubga taklif qilishmoqchi.

Milanliklar tajribali mutaxassisni jalb etish jamoani eski qudratiga qaytarishiga ishonishmoqda.

Gvardiolaning "shaharliklar" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan.

Oldinroq, "Milan"ning sobiq ukrainalik futbolchisi Andrey Shevchenko jamoaga kelishi mumkinligi xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Mundo Deportivo