Gvardiola “Marsel”ga qarshi o'yin oldidan: “Fernandino oldingi formasida emas, Aguero esa …”

Eldor Akmurzayev
8 dek 2020, 20:41
Chempionlar Ligasi 6-turi doirasida “Man Siti” ertaga o'z maydonida “Marsel”ni qabul qiladi.

Mezbonlar ustozi Pep Gvardiola o'yin oldidan o'z fikrlarini aytdi.

“Tarkibni ertaga aniqlab olamiz. Balki, Aguero zaxirada qolishi mumkin. Ertaga uning nafaqat tizzasi, balki tanasi yukni qanday qabul qilishini o'rganib chiqamiz. Oxirgi 3-4 kun davomida u jamoa bilan mashq qilgani va kichik muammolari yo'qolgani muhim.

Fernandino – jamoa bo'lagi. U “Portu”ga qarshi ajoyib o'yin o'tkazgandi, ammo unga haftada uchta o'yin o'tkazish og'ir, shu tufayli kuchni to'g'ri taqsimlash kerak. U 4 yil avvalgi formasida emas.

Villash-Boashni juda hurmat qilaman. U ko'plab klublarni boshqargan, “Portu” bilan ajoyib yutuqlarga erishgan, keyin esa Angliya hamda Fransiyada davom ettirgan. Qatorasiga ikki mag'lubiyat bilan boshlash qiyin, ammo “Marsel” qoyilmaqom jamoa, ularda Payet va Toven bor. Fransiyada kuchli chempionat bor. Bizni chiroyli o'yin kutmoqda”, deydi Gvardiola.

Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru