Gvardiola: "Manchester Siti"dagi missiyam hali yakunlanmadi"

Оқил Абдубарноев
25 apr 2022, 20:45
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o'zining kelajagi haqida jurnalistlar tomonidan berilgan savolga javob berdi.

Ispaniyalik mutaxassis "shaharliklar" lageridagi missiyasi hali tugamaganini ta'kidladi.

"Manchester Siti"dagi missiyam hali tugallanmagan. Ishimni yaxshi yoki yomon baholash mumkinligini klub bilan birgalikda hal qilamiz. Kelajakda tarkibga boshqa o'yinchilar ham jalb etiladi hamda men ham avvalgidan ko'proq yutuqlarga erishishga harakat qilaman. Yillar davomida Chempionlar ligasida g'olib chiqqan-chiqmaganim bilan hech narsa o'zgarmagan", - dedi Gvardiola "Real"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, Gvardiolaning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. Avvalroq ispaniyalik murabbiyning Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkinligi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: BBC