Gvardiola Koutinoni "Manchester Siti"ga taklif qilishga tayyor

Alisher
13 iyun 2020, 16:50
"Bavariya"da ijara asosida o'ynayotgan "Barselona" futbolchisi Filippe Koutino APLga qaytishi mumkin.

28 yoshli futbolchi "Manchester Siti" rahbariyati qiziqishiga sabab bo'lmoqda. Braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolanishiga shaxsan manchesterliklar bosh murabbiyi Xosep Gvardiola qiziqmoqda.

Koutino Angliya chempionatida o'ynash bo'yicha tajribaga ega. U 2013-2018 yillar davomida "Liverpul" sharafini himoyachi qilgan.

Uning "ko'k-anorranglilar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt Filippeni 56 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Le10Sport