Gvardiola: "Klopp Gyundogan va Levandovskini yetishtirib berdi"

Mirjalol Normatov
13 may 2018, 12:43
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Liverpul"dagi hamkasbi Yurgen Kloppni maqtadi.

"Yurgen - top-murabbiy, a'lo darajadagi mutaxassis. U hujumkor futbol modelini yaxshi ko'radi va uning jamoalari o'yinlarini qayta-qayta ko'raverasan. Klopp ishlaydigan jamoalarida yaxshi futbol atmosferasini yarata oladi. Yurgen kabi kasbdoshim borligidan g'ururlanaman. U Gyundogan va Levandovskini yetishtirdi", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com