Gvardiola kelajagi haqida fikr bildirdi

Khoja
20 avg 2025
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "shaharliklar" bilan tuzilgan shartnomani yana ikki yilga uzaytirmoqchi.

"Yana ikki yillik shartnomam bor, balki yana ikki yilga uzaytirarman. Savol shundaki, men qachon to'xtamoqchiman: bu yil, ikki yoki to'rt yildan keyin. Men qachon to'xtash kerakligini bilan, lekin hozircha yaxshiman deb ayta olaman", - dedi murabbiy.

Ma'lumot uchun, Gvardiola 2016 yildan beri "Manchester Siti" ustozi hisoblanadi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlanadi.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru