Gvardiola jarohati sabab almashtirilgan Xolandning holati qandayligini aytdi

Mirjalol Normatov
5 noya 2023, 13:33
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL doirasida "Bornmut" mag'lub qilinganidan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Raqibning 5 himoyachi taktikasi bilan o'ynashini kutmagandik, biz kerakli vaziyatlarni urib oldik. Ikkinchi bo'limda raqiblar bizdan ko'ra yaxshiroq ko'rina boshlashdi.  Birga bir holatlarda ular agressiv bo'la olishdi. 0:3 hisobida mag'lub bo'layotgan bo'lsa-da, o'yinni tashlab yubormaydigan, birga bir holatlarda raqibdan ustunlik qilishni istaydigan jamoalarni qattiq hurmat qilaman.

Doku jamoaga tezda moslashib oldi. Gap uning faqatgina bugungi o'yinida emas, u barcha uchrashuvlarda yaxshi o'ynamoqda. Undan mamnunmiz.

Xoland? Uning to'pig'ida muammosi bor, shu sababli uni xavf ostiga qo'yishni, o'zida noqulaylik his qilishini istamadik. U balki seshanba kuni maydonga qaytishi mumkin, unday bo'lmasa, kelasi yakshanbada o'ynaydi", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ВВС