Gvardiola Holandning "Siti" libosidagi birinchi o'yiniga qanday baho berdi?

Sherzod Nurmatov
31 iyul 2022, 19:50
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola norvegiyalik hujumchi Erling Holandning ilk uchrashuvi haqida gapirdi.

Hujumchi "Liverpul" bilan Angliya Superkubogi uchun o'yinida (1:3) asosiy tarkibda maydonga tushdi.

"Unda imkoniyatlar bo'ldi – birinchi taymda ikki yoki uchta va o'yin oxirida bitta. U ko'p marta kurashga kirishdi va astoydil harakat qildi. U bugun gol urolmadi, ammo boshqa kun buni eplaydi", – dedi murabbiy.

Eslatib o'tamiz, norvegiyalik Angliya klubiga 2022 yilning yozida ko'chib o'tgandi.

Avvalroq Holand kechagi bahsning eng yomon futbolchisi bo'lgani aytilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian