

“Yaxshi futbolchilarsiz “Chelsi”, “Arsenal”, “Liverpul”, “Manchester Yunayted” shu darajada bo'larmidi? G'alaba qozonish uchun pul sarflashingiz kerak. Hozirgi transfer bozori dahshat. Ammo "Chelsi"ning nimalar qilayotgani bilan ishim yo'q. Buning reglamenti bor”, dedi Gvardiola juma kungi matbuot anjumanida.
Xosep Gvardiola 2016/2017 yilgi mavsumdan beri "Manchester Siti"ni boshqarib kelmoqda. Bu vaqt ichida klub tarkibni kuchaytirish uchun juda katta mablag' sarfladi. Gvardiola qo'l ostida "shaharliklar" ko'plab ichki sovrinlarni, jumladan, to'rt bor chempionlikni qo'lga kiritdi.



