Gvardiola: "Fevralda 72 ochko - bu yaxshi natija"

Aslanov Jasurbek
11 fev 2018, 15:50
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "shaharliklar"ning APL turnir jadvalidagi yetakchiligi haqida fikr bildirdi.

"Biz eng yaqin taqibchidan 16 ochko oldindamiz, biroq bu raqam bugun 13ga aylanishi mumkin. Oldinda bahslar ko'p va voqealar rivojini oldindan aytib bera olmayman. Biroq fevralda 72 ochko - yaxshi natija. Ko'ramiz, 38ta uchrashuvdan so'ng qayerda bo'lar ekanmiz.

O'z ishimizni rohat bilan bajarmoqdamiz va sovrin yutishga umid qilyapmiz. Agar shunday istak bilan o'ynashda davom etsak, raqiblarga oson bo'lmaydi" - deydi Gvardiola.

APL turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com