Gvardiola: "De Bryuyne - juda aqlli futbolchi"

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2019
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Byornli"ga qarshi Angliya Kubogining 1/16 final o'yinidan so'ng yarim himoyachi Kevin de Bryuyne o'yini haqida fikr bildirdi.

"Kevin jarohat tufayli uzoq vaqt maydonga tusha olmagani tufayli uni to'liq o'ynatmadik. U bizga juda kerak. De Bryuyne - juda aqlli. U agressiv o'yin ko'rsatadi va jamoaga ko'p foyda keltiradi" - deydi Gvardiola.

De Bryuyne joriy mavsum 15ta uchrashuvda maydonga tushib, 4ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: mancity.com