Gvardiola: "Bunday klublarda ishlash sovrinlar yutish imkoniyatini oshiradi"

Mirjalol Normatov
19 fev 2023, 16:52
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola nima sababdan ko'p sovrin olishini aytdi.

Ispaniyalik mutaxassis "Barselona" bilan 14, "Bavariya"da 7 va "Manchester Siti"da 11ta sovrinni qo'lga kiritdi.

- Nima sababdan ko'p sovrin yutasiz?

- Bilmasam. Balki "Manchester Siti", "Bavariya" va "Barselona" sabablidir. Bunday klublarda ishlash sovrin yutish imkoniyatini oshiradi.

Chunki bu klublar doimo tarkibiga eng yaxshilarini chorlaydi, shuningdek, murabbiylar shtabi ham bunga yordam beradi, - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal