Gvardiola Boxing Day haqida: "Bu biznes, futbolchilarga tupirishgan"

Aslanov Jasurbek
19 okt 2019, 14:26
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoasining "Boxing Day"dagi taqvimidan norozi ekanligini aytdi.

"Manchester Siti" 27 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan 19:45da "Vulverxempton" bilan, 29 dekabr 18:00da "Sheffild Yunayted" bilan o'ynaydi.

- Angliyaga kelganimdan beri bir narsa takrorlanaveradi.

Biz futbolchilarni himoya qilmayapmiz, tizim ham shunday. Bu noto'g'ri.

Bir kun kelib bizda hama tiklanish uchun boshqalardan ko'p vaqt bo'ladi deb umid qilaman. Translyatsiyachilar biror klub muxlisi bo'lsa kerak.

- Angliyada o'yinlar orasidagi vaqt birinchi marta shunday qisqa bo'lyaptimi?

- Bu qism bizga nasib etmoqda. Futbolchilardan havotirdaman. Bu biznes. Odamlar futbolchilarga tupirishgan. Bittasi jarohat oldimi? Hech qisi yo'q, boshqasi o'ynaydi.

Translyatsiyachilar futbolchi va klublarga e'tibor berishmaydi. Ular sarflangan pulni qanday qaytarib olish haqida bosh qotirishadi" - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph