Gvardiola: Bavariyani Levandovskidek futbolchini qo'lga kiritgani bilan tabriklayman

Narzulla Saydullayev
28 iyul 2014, 10:39
Bavariya klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoaning yangi hujumchisi Robert Levandovskini maqtadi.
Polshalik futbolchi ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan Telekom kubogi finalida Volfsburg darvozasiga urilgan uchta goldan ikkitasiiga mualliflik qildi.

Levandovski – juda kuchli futbolchi. Unda hujumchiga kerakli barcha hususiyat bor. Bavariyani shunday futbolchini qo'lga kiritgani bilan tabriklayman, - deydi Gvardiola Bild nashri.

Eslatib o'tamiz, Levandovski Bavariyaga Dortmundning Borussiya klubida erkin agent sifatida ko'chib o'tdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com