Gvardiola "Bavariya"ga: "Siz 6ta sovrinni yutgan ikkinchi jamoasiz. Birinchisi - "Barselona"! Messiga qo'ng'iroq qilaman, ettinchi titul uchun o'ynaymizmi?"

Alisher
12 fev 2021, 16:28
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Bavariya"ni klublar o'rtasidagi JCHda g'olib bo'lgani bilan original tarzda qutladi.

"Faxrlanaman. Barchani, ayniqsa Xansi-Diter Flikni, o'yinchilarni va xodimlarni tabriklayman.

Ammo Xansiga aytmoqchimanki, siz 6ta sovrinni ketma-ket yutgan ikkinchi jamoasiz. Shunday ekan, Messi va jamoaga qo'ng'iroq qilishim mumkin va biz ettinchi titul uchun o'ynaymizmi? Ayting, qayerda va qachon, biz o'sha yerda bo'lamiz!", - deydi ispaniyalik mutaxassis "Bavariya" matbuot xizmati taqdim etgan videomurojaatda.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" 2009 yilda 6ta turli xil sovrinlarni qo'lga kiritgandi, "Bavariya" esa ushbu rekordni takrorladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal