Gvardiola "Bavariya" bilan shartnoma uzaytirishga tayyor

Aslanov Jasurbek
26 noya 2015, 12:43
"Bavariya" rahbariyati va muxlislari xursand bo'lishlari mumkin, chunki jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan shartnoma uzaytirishga tayyor.

Ma'lumotlarga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis nemis grandi bilan kelishuvni ikki yilga uzaytirishga rozi bo'ldi. Shartnoma uzaytirilganidan so'ng u yiliga 24 mln. evro ishlab topadi.

Ayni damda uning yillik maoshi 19 mln. evroni tashkil etadi.

Gvardiolaning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2016 yilning yozigacha belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mirror