

Manbaning xabariga ko'ra, "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 20 yoshli futbolchini klub tarkibida ko'rmoqchi.
Qayd etilishicha, transfer narxi taxminan 70 million evroni tashkil qilishi mumkin.
Avvalroq matbuotda Ansu Fatining "Barselona"da qolish istagi borligi haqida xabarlar tarqalgandi. Kataloniya jamoasi bosh murabbiyi Xavi iqtidorli hujumchiga ko'proq o'yin vaqti berilishini takidlagandi.
Ansu Fati "Barselona" tarkibida 79 ta o'yin o'tkazib, 22 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.



