Gvardiola APL, LaLiga va Bundesligani solishtirdi

Mirjalol Normatov
15 apr 2018
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLda chempionlikni qo'lga kiritish qiyin bo'layotganini aytdi.

"Ispaniya va Germaniyaga qaraganda Angliyada chempion bo'lish qiyinroq. Bu ob-havo, stadionlar, dam olish kunlarining kamligiga ham bog'liq. Umid qilamanki, keyingi haftada chempionlikni qo'lga kiritamiz.

Premer-ligadagi chempionlik - faoliyatimdagi eng yaxshi natija bo'lib qoladi. Buni "Barselona" bilan ilk chempionlikni qo'lga kiritganim yoki YCHL finalida "Uembli"da MYU ustidan qozonilgan g'alabaga tenglashtira olaman", - dedi Gvardiola.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Star