Gvardiola: "Angliya chempionatidagi hakamlar harakatidan hayron bo'ldim"

Aslanov Jasurbek
31 yanv 2018, 13:46
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning fikricha, ingliz hakamlari futbolchilarga maydonda haddan tashqari ko'p imkoniyat beradi.

Mutaxassisning fikricha, referilar bazida jiddiy qo'polliklarga ham e'tibor qaratishmaydi.

"Bu erga ko'chib o'tganimda hakamlarning harakatidan hayron bo'lganman. Futbolchi va jamoalar o'zi xohlaganicha o'ynashi mumkin va bu yerda hammasi referiga bog'liq. Agar murabbiy raqibga qarshi qo'pol o'ynamoqchi bo'lsa, muammo yo'q, biroq hakam bunday harakatlar qoida doirasida bo'lishini nazorat qilishi lozim.

Bazida hakamlar futbolchilarning agressiv harakatlariga imkoniyat berishadi. Bunga ko'nikishimiz kerak" - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports