Gvardiola: “Aguero mening jamoamda to'p tepishi sharaf”

7 yanv 2018, 00:00
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya kubogi 1/32 final bosqichida “Byornli” ustidan qozonilgan g'alabadan keyin jamoasi hujumchisi Serxio Aguero haqida gapirdi.

“Agueroning har ikkala goli chiroyli, aqlli va ajoyib gol bo'ldi. Aguero mening jamoamda to'p tepishi sharaf. U noyob iqtidor egasi, uning gollari bizga kerak. Serxio qandaydir soniyalar ichida ikkita gol urishi mumkin va bu biz uchun juda muhim”, deya Gvardiolaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda VVS.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC