

"Men "Barselona"dek o'ynashimizni istamayman. Agar "Barselona" shunday o'ynayotgan ekan, bu jamoa tarkibidagi futbolchilar tufaylidir. Aniqroq aytadigan bo'lsam - bir o'yinchi sabab. Ko'pchilik Gvardiola ingliz futbolini o'zgartirish uchun keldi deyishdi. Ammo men o'zgartirish uchun emas, meni o'zgartirishlarini istaganim uchun "Manchester Siti"ni boshqaryapman. O'rganishni istayman. Futbolchilarim g'alaba qozonib, o'yindan rohat olishlari uchun ularni o'zgartirmoqchiman. Shu sabab meni klubga taklif qilishdi. O'zim ham futbolchilarimning o'yinlariga ko'nikishim kerak" - deydi Gvardiola.



