Gvardiola Abduqodir Husanovni maqtadi

Tolibjon Qosimov
25 fev 2025, 18:17
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ertaga bo'lib o'tadigan "Tottenxem"ga qarshi o'yindan oldin matbuot anjumanida ishtirok etmoqda.

Unda mutaxassisdan jamoaning yanvar oyidagi yangi xaridlari haqida so'rashdi.

"Ularning o'yinimizga ta’siri yaxshi bo'lmoqda, ayniqsa ulardagi vaqt kam bo'lganini hisobga olganda.

Husanov "Chelsi", "Leyton Orient", "Nyukasl", "Real" va "Liverpul"ga qarshi o'ynadi. U qayerdan kelganini hisobga olsak, mashg'ulotlar grafigi uning uchun qiyin va qattiq bo'ldi. Ingliz tilida yaxshi gapira olmasligi sabab unga muloqot yetishmadi. Biroq, uning ta’siri rosmana yaxshi bo'ldi", - dedi Gvardiola.


Eslatib o'tamiz, APL 27-turidan o'rin olgan "Tottenxem" - "Manchester Siti" bellashuvi ertaga tunda 00:30da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/City_Xtra