Gvardiol Gvardiola jamoasiga o'tadi

Оқил Абдубарноев
3 avg 2023
Yoshko Gvardiol 90+10 million evro evaziga "Manchester Siti"ga o'tadi.

Sport1.de jurnalisti Patrik Berger xabariga ko'ra, "Manchester Siti" va "Leyptsig" transfer bo'yicha kelishuvga erishgan.

Yaqin soatlarda 21 yoshli himoyachi Buyuk Britaniyaga uchib ketadi va u erda tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Eslatib o'tamiz, Gvardiol 2021 yil 18 million evro evaziga Zagrebning "Dinamo"sidan "Leyptsig"ga o'tgan edi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/berger_pj