

"Men natija uchun xursandman. Premer-ligada to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritish qiyin bo'ladi. Bizning boshqa vazifalarimiz bor. Bular Angliya kubogi va Yevropa chempionlar ligasi. Bugungi g'alaba kuchli raqibga qarshi o'yindagi yaxshi natija bo'ldi. Biz uchrashuvni yaxshi boshladik. Ammo keyinchalik raqibni "bo'g'ib" qo'yishni unutdik. Bu bahsda tarkibda rotaciyalarni amalga oshirish haqida o'ylagandim. Lekin o'tgan yilgidek musobaqani erta tark etmaslik uchun bu qarorni o'zgartirdim", - deydi Gus Xiddink.



