

Yakunlangan mavsumni "Andijon" safida boshlagan G'ulom O'runov birinchi davrada 11ta o'yinda maydonga tushdi. Davralar oralig'ida futbolchi jamoani tark etgandi. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, O'runov faoliyatini Malayziyada davom ettirishi mumkin. Hozircha uning qaysi klub safiga qo'shilishi ma'lum emas.




