"Guliston" - "Nasaf" 0:4. Murabbiylar qanday fikrda?

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2013, 10:23
Kecha bo'lib o'tgan "Guliston" - “Nasaf” 0:4 uchrashuvidan so'ng odatdagidek murabbiylar uchrashuv haqidagi o'z fikrlarini bayon qilib o'tishdi.
"Guliston" futbol klubi rasmiy sayti - www.fcguliston.uz saytida chop etilgan xabarga ko'ra: Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari mazkur uchrashuvga bir qator yo'qotishlar bilan yetib kelishgandi. Jumladan, jamoaning yetakchi a'zolari Alisher Shog'ulomov va Sobir Usmonxo'jaevlar jarrohlik stoliga yotishgan bo'lsa, tajribali hujumchi Nosir Otaqo'ziev jamoani tark etgan.

Baxtiyor Ashurmatov: "Uchrashuv arafasida tarkibdagi yo'qotishlar bugungi bahsda o'z so'zini aytmasdan qolmadi. O'yinning birinchi bo'limi davomida mehmonlarga munosib qarshilik ko'rsatdik. Afsuski, ikkinchi bo'limda himoyadagi xatolar qimmatga tushib, yirik hisobda imkoniyat boy berildi",-deydi bosh murabbiy.

Ro'ziqul Berdiev: "Oliy liga debyutanti bu yilgi mavsumni ancha shov-shuvli tarzda boshladi. Nafaqat o'z maydonida balki safarda ham kuchli jamoalar bilan tengma-teng o'ynab kelishayotganini alohida takidlamoq kerak. Bugungi bahsda ham gulistonliklarning munosib qarshiligiga uchradik. Ikkinchi bo'limda amalga oshirilgan o'zgarishlar esa yirik hisobda g'alaba qozonishimizni taminladi",-deb o'z fikr bildirdi bosh murabbiy.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz