Grizmanning transferi dedlaynga bir daqiqa qolganda amalga oshirildi!

Alisher
1 sen 2021
Antuan Grizmann yana "Atletiko" sharafini himoya qiladi.

Madrid klubi allaqachon "Barselona" bilan kelishuv haqida e'lon qildi.

Jurnalist Janluka di Marcioning xabariga ko'ra, Grizmanning transferi La Ligada yozgi transfer oynasi yakunlanishiga bir daqiqa qolganda amalga oshirilgan.

Eslatib o'tamiz, Antuan 2014-2019 yillarda "Atletiko" libosida o'ynagan. Francuz Madrid jamoasi safida butun dunyoga tanilgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio