Grizmann yangi jamoasi to'g'risida ilk fikrlarini aytdi

Eldor Akmurzayev
13 iyul 2019, 01:20
Xabaringiz bor bugun, Atletiko forvardi rasman Barselona a'zosiga aylandi.

28 yoshli forvard yangi jamoasi haqida ilk fikrlari bilan bo'lishdi.

“Nihoyat, men Barselonaga qo'shildim. Yangi chaqiruv vaqti keldi. Barselona sharafini himoya qilish uchun borimni bag'ishlayman”, – deydi fransiyalik hujumchi.

Eslatib o'tamiz, Grizmann futboldagi professional faoliyatini 2009 yili  Real Sosedad safida boshlagan. 2014 yilda esa u matraschilar tarkibiga kelib qo'shilgan. U Fransiya yoshlar termasi bilan 2010 yilgi Yevropa chempionatida, bosh jamoa bilan JCH-2018da zafar quchgan. Madridliklar safida esa uning hisobida 3ta titul bor.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo