Grizmann o'z golini vafot etgan 15 yoshli futbolchiga bag'ishladi

Aslanov Jasurbek
11 fev 2018, 07:17
“Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmann “Malaga” darvozasiga kiritgan golini o'tgan hafta o'yin paytida yurak huruji sabab vafot etgan ispaniyalik 15 yoshli futbolchining xotirasiga bag'ishladi.

Fransiya terma jamoasi hujumchisi raqib darvozasini ishg'ol qilganidan so'ng Xolo Barbera ism-sharifi yozilgan 7-raqamli futbolkani boshi uzra ko'targan. 

E'tiborlisi, bu noxush voqeaga Ispaniyaning boshqa klublari ham o'z e'tiborlarini qaratishdi. “Mestalya” stadionida o'tgan Ispaniya Kubogining yarim final javob bahsi doirasida “Valensiya” va “Barselona” (0:2) futbolchilari o'yinni bir daqiqalik sukut bilan boshlashdi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif