Grizmann: "Messi ketganidan keyin ko'p narsa o'zgarib ketdi"

Mirjalol Normatov
11 dek 2021
"Atletiko"da ijarada o'ynayotgan "Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann Kataloniya klubining YCHLdan chiqib ketgani haqida gapirdi.

"Ajablanarli holat. "Barselona" doimo YCHLda bo'lgan va pley-offga o'tgan.

Ko'p narsa o'zgarib ketdi. Jamoaga juda kerak bo'lgan Leo Messi ketdi. Shu sababi endi jamoada kim ishlayotgan bo'lsa, sabr bilan kutish kerak", - dedi Grizmann.

Ushbu mavsumda 30 yoshli futbolchi "Atletiko" tarkibida 20 o'yinda qatnashib, 7 gol va 2 assist qayd etdi.






Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal