Grizmann "Football Manager"da qaysi jamoani boshqarishini aytdi

Mirjalol Normatov
17 dek 2023, 12:55
"Atletiko" futbolchisi Antuan Grizmann "Football Manager" o'ynashini aytdi.

Futbolchi ushbu simulyatorda "Blekbern"ni boshqarishini ma'lum qildi. Uning qo'l ostidagi jamoa APLda 6-o'rinda ketayotganini ham aytib o'tdi.

"Menga shartnomani uzaytirishni taklif qilishdi", - dedi Grizmann.

Ushbu mavsumda 32 yoshli Antuan LaLigada 16 o'yinda 9 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es