Grizmann – Yevropa ligasi finalida dubl qayd etgan 5-futbolchi

Narzulla Saydullayev
17 may 2018, 09:02
Atletiko hujumchisi Antuan Grizmann Yevropa ligasi finalida Marsel (3:0) bilan bahsda ikkita gol urdi.

Grizmann – YCHL va Yevropa ligasi finalida ikkita gol urgan tarixdagi birinchi francuz bo'ldi.
27 yoshli francuz Yevropa ligasining hal qiluvchi o'yinida dubl qayd etgan beshinchi futbolchi bo'ldi.

Bunga qadar Diego Forlan (Atletiko, 2010), Radamel Falkao (Atletiko, 2012), Karlos Bakka (Sevilya, 2015), Koke Moreno (Sevilya, 2016) ushbu musobaqa finalida ikki bor gol urishgan.

Grizmann – Yevropa ligasida gol urgan uchinchi francuz bo'ldi. Bungacha Kevin Gameyro (Sevilya, 2016) va Pol Pogba (MYU, 2017) kabi fransiyaliklar finalda gol urishgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/GracenoteLive