Grizmann: "Atletiko"ning yangi stadioni - men o'ynaganlarim orasida eng zo'ri"

Aslanov Jasurbek
17 sen 2017, 13:45
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann "Malaga"ga qarshi bahsdan (1:0) so'ng, uchrashuv haqida firk bildirdi.

"G'alabamizdan xursandman. Yangi arenadagi ilk golni urganimdan juda mamnun bo'ldim. Oldinda bizni ko'plab muvaffaqiyatlar kutib turibdi deb umid qilaman. Yangi stadionga chiqqanimizda juda havotirda edik.

Bu yerda payshanba kuni shug'ullandik, biroq nimadir yetishmadi. Nima deysizmi? 12-futbolchi, muxlislar. Bu men o'ynagan stadionlar orasidagi eng zo'ri. Aldayotganim yo'q" - deydi Grizmann.

Buni ko'rdingizmi? "Atletiko"ning yangi stadioni ochildi. FOTOGALEREYA

"Vanda Metropolitano"dagi ilk uchrashuv, stadionga parashutchi qo'ndi. "Atletiko" - "Malaga" (video)



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca