Grizmann “Atletiko”da qoladi

15 iyun 2018, 01:24
“Atletiko” va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann Ispaniya televideniesiga bergan intervyusida, faoliyatini Madrid klubida davom ettirishini ma'lum qildi.

Ilgariroq futbolchining o'zi JCH-2018 musobaqasidan keyin keyingi faoliyatiga oid qarorini e'lon qilishini aytgandi. Futbolchining oldida ikkita variant bor edi: biri “Atletiko”da faoliyatini davom ettirish, ikkinchisi “Barselona”ga ko'chib o'tish... Kataloniyaliklar futbolchining transferini sotib olishga tayyor turishgandi.

27 yoshli Grizmann 2014 yilda “Real Sosedad” klubidan “Atletiko”ga ko'chib o'tgandi. “Matraschilar” safida u joriy mavsumda Yevropa ligasida g'olib chiqqandi.

“Atletiko” tarkibida u shu paytgacha 209 ta o'yinda ishtirok etib, 112 bor raqib darvozasini ishg'ol etgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com