

Fransiyalik futbolchi Ispaniya chempionatining 11-turidan o'rin olgan “Real Betis”ga qarshi o'yinda (2:1) dubl qayd etdi.
Shu tariqa, 31 yoshli hujumchining madridliklar safidagi gollari 147 taga etdi va u Pako Kamposni ortda qoldirdi. Antuandan faqatgina Adrian Eskudero (169) va Luis Aragones (172) ko'proq to'p kiritgan.



