

Antuan Grizmann mazkur o'yinda jamoadoshlari kabi maydonni golsiz tark etdi. Ma'lum bo'lishicha, fransiyalik futbolchi YCHLning 8 ta safar o'yinidan beri gol kirita olmayapti. Grizmann so'nggi bor 2017 yil fevralida YCHLning 1/8 finalida “Bayer”ga qarshi safar o'yinida gol urgandi. Shundan beri Grizmann safar o'yinlarida gol ura olmayapti.



