Grigoriy Kolosovskiy: "Kuchli uchlikka kirishga kuchimiz etadi"

Narzulla Saydullayev
25 sen 2016, 08:42
"Navbahor" - "Paxtakor" (1:5) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi o'z fikrlarini bildirdi.
"Birinchi bo'limda tashabbusga ega bo'ldik. Himoyada xatosiz o'ynashga urindik va qarshi hujumdan unumli foydalandik. Ikkinchi bo'limda individual mahorat evaziga gollar urdik. "Navbahor"da deyarli imkoniyat bo'lmadi, ammo gol o'tkazib yubordik.

Imkoniyat doim bo'ladi, raqobatchilarimiz albatta ochko yo'qotishadi.

Kuchli uchlikka kirishga imkoniyatimiz yetishiga ishonaman. Bugun 1999 yilda tug'ilgan Grigoriy Ahmedov maydonga tushdi. Bu degani yoshlar ham asta sekin asosiy tarkibga qo'shilishmoqda degani", - deydi Kolosovskiy.

"Navbahor" matbuot xizmati 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia