Gretsiyada kassa apparatining qog'oz o'rami bilan murabbiy labini yorishdi (FOTO)

Aslanov Jasurbek
26 fev 2018, 14:33
Gretsiyalik muxlislar hech qachon o'yinni tinch ko'ra olishmagan, shu sababli mamlakat stadionlarida vaqti-vaqti bilan kutilmagan voqealar yuz berib turadi.

Yakshanba kuni Salonikida PAOK hamda "Olimpiakos" o'rtasidagi bahs bekor qilindi. Uchrashuv boshlanishidan bir necha daqiqa oldin mehmonlar bosh murabbiyi Oskar Garsiyaga tribunadan kassa apparatining qog'oz rulonini uloqtirishdi.



Labi yorilgan va boshi aylanayotganidan etiroz bildirgan mutaxassisni kasalxonaga olib ketishdi.

"Jamoamni yig'ib, hammani u yerdan olib ketdim. Ko'rishguncha" - deydi "Olimpiakos" vice-prezidenti Savvas Teodoridis.

"Ular bu erga o'yinni bekor qilish uchun kelishgan. 30 yildan beri "Olimpiakos" provakaciya qiladi" - deya javob qaytardi PAOK vakili Kiryakos Kiryakos.

Chempionatda yetakchilik qilayotgan PAOKga texnik mag'lubiyat yozilishi, jarimaga tortilishi va muxlislarsiz bir nechta o'yin o'tkazishi mumkin.

O'yin bekor qilinganidan g'azablangan muxlilar hech bo'lmasa policiya bilan mushtlashib, mashinalarni yoqishga erishishdi.


Policiya ko'zdan yosh chiqaruvchi gazdan foydalanishga majbur bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru