Gonsalo Rodriges “Fiorentina” bilan yangi shartnoma imzoladi
Narzulla Saydullayev
14 iyul 2014, 17:56
Argentinalik himoyachi Gonsalo Rodriges bugun “Fiorentina” bilan yangi shartnoma imzoladi.
“Men xursandman. Bu qarorga kelishda ikkilanganim yo'q. Menda bir qarcha takliflar bor edi, ammo “Fiorentina” meni jamoaga taklif qilganida , men bir qarorga keldim” – deydi 30 yoshli futbolchi.