Gollarga boy o'tgan o'yinda "Olimpik" Latviya chempioniga yutqazdi

Tolibjon Qosimov
12 fev 2023, 20:34
Superliga klublari Antaliyada yangi mavsumga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini davom ettirishmoqda.

Timur Kapadze boshchiligidagi "Olimpik" Latviya chempioni "Valmiera"ga qarshi bellashdi. 1-bo'limda latviyaliklar 3 ta to'p kiritishdi. 2-bo'limda esa "Olimpik" futbolchilari to'liq ustunlik qilishdi va ikkita gol urishdi. Ammo bu hisobni tenglashtirish uchun etmasdi. Shu tariqa, "Olimpik" bugunga belgilangan ikkinchi nazorat bahsida ham kichik hisobda engildi.

O'rtoqlik o'yini

12.02.2023

"Olimpik" - "Valmiera" (Latviya) 2:3

Gollar: B.Shamsiev (S.Mirsaidov) 76, O.Jo'raqo'ziev (J.Jaloliddinov) 84 - Kairmani 21, Varslavans 22, Dusalijevs 36

"Olimpik": 13.Hamidullo Abdunabiev, 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Odilbek Abdumajidov, 44.Shahzod Toirov, 6.Behzod Shamsiev, 23.Abdurauf Bo'riev (9.Timur Mamasidiqov), 30.Jasurbek Jaloliddinov, 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 11.Otabek Jo'raqo'ziev, 9.Timur Mamasidiqov (7.Ruslanbek Jiyanov), 37.Alisher Odilov (99.Muhammadali G'iyosov).

"Valmiera": 26.Lauva, 2.Balodis, 4.Veips, 17.Fall, 6.Jelizko, 31.Varslavans, 10.Yaunzems, 39.Kairmani, 22.Diop, 11.Mena, 19.Guye.

Zaxira: 12.Apsits, 8.Chudars, 37.Sliede, 27.Birka, 23.Tonishevs, 15.Patiysuks, 30.Raschevskis, 87.Laguns, 18.Dusalijevs, 41.Xatano, 24.Pulis.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia