Gollandiya JCHdan oldin 4ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Nadirkhuja Yuldashev
19 dek 2013, 22:37
"De Telegraaf"ni xabar qilishicha Gollandiya terma jamoasi JCH-2014 arafasida 4ta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga chiqadi.
5 mart kuni Lui van Gal boshqaruvidagi "lolalar" Fransiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradilar. Qolgan uchrashuvlarning hozircha sanasi ma'lum, 17 va 31 may, hamda 4 iyun. Ayni paytda Gollandiya FF mazkur kunlar uchun sparring raqibni tanlash bilan bandlar.

Eslatib o'tamiz, Gollandiya terma jamoasi JCH-2014da Ispaniya, Chili va Avstraliya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olishgan.

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: sport-express.ru